Behzod Anvarovich Musayev O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi DSQ matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Behzod Musayev (1973 yilda tug‘ilgan) avval ham — 2010−2011 yillarda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, unga qadar esa Hisob palatasi raisi bo‘lgan.

2012 yildan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida Abdusalom Abduqahhrovich Yuldashev (1967 yilda tug‘ilgan) ishlab kelayotgan edi, yanvar oxirida Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi.