O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Armen Sarkisyanni Armaniston Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabriyladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida o‘zaro hurmat va anglashuv tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Armaniston munosabatlari bundan buyon ham xalqlar manfaatlari yo‘lida izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.

Armen Sarkisyan 1996−1997 yillarda Armaniston bosh vaziri bo‘lgan. Armanistonning qator davlatlardagi elchisi lavozimida ishlagan. U 9 aprel kuni o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.