«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi o‘z loukasterini yaratadi, deya xabar qildi MAK raisining birinchi o‘rinbosari v. B. Umid Husanov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub yig‘ilishida.

«O‘ylaymanki, joriy yilda ushbu masala yopiladi», — dedi Umid Husanov.

Hozirda milliy aviatashuvchi jahon tajribasi, jumladan Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi va uning loukasteri «Pobeda» tajribasini o‘rganmoqda.

Umid Husanov Toshkentdan Moskvaga aviachipta narxi taxminan 100 dollar atrofida bo‘lishini ma’lum qildi.

Loukaster asosan Rossiya, Turkiya va Misrga qatnovlarni amalga oshiradi, deya ma’lum qildi MAK vakili.