O‘zbekiston Elchixonasi Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan birgalikda 26 fevralga o‘tar kechasi Aqto‘be viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirdi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Hozirgi paytda avtobusda halokatga uchragan 25 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarga o‘z vataniga qaytishi uchun ko‘mak ko‘rsatildi. Jabrlangan 7 nafar fuqaro Xromtau shahrining markaziy tuman kasalxonasidan davolanib chiqdi. Ularning sog‘lig‘i qoniqarli deya baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Krasnodar-Chimkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Mercedes yo‘lovchi avtobusi Xromtaus tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 810-kilometrida ag‘darilib ketgan edi.