O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21 fevraldagi farmoni bilan Erkabay Aminovich Tadjiyev mamlakat bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura saytida xabar qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Erkabay Tadjiyev noyabrdan bosh prokuror yordamchisi, ungacha bir yilga yaqin muddat Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Saidlaziz Saidkarimov avval Bosh prokuraturaning tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.