O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sohani rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiya ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Konsepsiya telekommunikatsiya infratuzilmalari, «Eletkron hukumat», axborot xavfsizligi, innovatsiyalar, pochta, logistika va elektron kommersiya, ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kabi yo‘nalishlarni o‘zi ichiga oladi.

Axborot texnologiyalari vazirligi keng jamoatchilik fikrini hisobga olish maqsadida barcha xohlovchilarni konsepsiyani ishlab chiqishda o‘z fikr va g‘oyalarini ilgari surish orqali sohani rivojlantirishda hissa qo‘shishga taklif qilmoqda. Vazirlik saytidagi maxsus so‘rovnomani to‘ldirish orqali buni amalga oshirish mumkin.