O‘zbekistonda 2018−2035 yillarga mo‘ljallangan aerokosmik sanoatni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyasi ishlab chiqilishi mumkin. Mazkur tashabbus 2018 yilgi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.

10 noyabrga qadar aerokosmik faoliyatni boshqarishga mas’ul davlat organi aniqlab olinadi. Sohaning moddiy va ilmiy bazasini shakllantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ularni xorijiy ta’lim muassasalarida malakasini oshirish mexanizmlarini yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.

Hujjatda milliy aviatsiya sanoatini qayta tiklash ham ko‘zda tutilgan.