27 dekabr kuni «Perekrestok» do‘konida (Sankt-Peterburg shahri) sodir etilgan portlash oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi Xazratqul Aliqulovning (ismi aniqlashtirildi) holati muvaffaqiyatli opeatsiyadan so‘ng barqaror. Bu haqda TIV Konsullik boshqarmasi xabar qildi.

Aleksandrovskiy nomli 17 son shahar kasalxonasida o‘tkazilgan operatsiya natijasida uning tanasiga jarohat yetkazgan jism olib tashlandi. TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiyadagi konsulligi xodimlari Sankt-Peterburg shahri rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib, terakt oqibatida jabrlanganga tegishli qoplovlar berish bo‘yicha choralar ko‘rdilar.