Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida ikki yo‘lak tizimi ishga tushiriladi. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati poytaxt aeroportidagi 2018 yil 1 yanvardan ishga tushadigan «yashil» va «qizil» koridorlar suratlarini e’lon qildi. Xabarda qayd etilishicha, Termiz aeroportida ham ikki yo‘lak ishga tushiriladi.

Endilikda mamlakat xalqaro aeroportlarida jismoniy shaxslar notijoriy maqsadlar uchun tovarlarni deklaratsiya qilish shakllari sifatida bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun «yashil» va «qizil» yo‘laklardan birini tanlashlari mumkin (DBQ ikki koridor to‘g‘risida batafsilroq ma’lumot beruvchi videorolik ham tayyorladi).

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan 2000 dollargacha miqdordagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqishda yozma deklaratsiya to‘ldirish talabi bekor qilinmoqda. 5000 AQSH dollariga teng yoki undan kam bo‘lgan naqd xorijiy valyutani Markaziy bank ruxsatisiz tashish ham mumkin.

Foto