1 yanvardan 1 dekabrga qadar Toshkent IIBB YHXB xodimlari tomonidan 924736 ta Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarining buzilishini aniqladi, deya xabar qildi poytaxt IIBB sayti.

Umumiy qoidabuzarliklarning 270143 tasi qo‘pol qoidabuzarlik bo‘lib, shulardan 65047 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq.

Shaharning 115 ta chorrahasida foto va video qayd etish uskunalari ishga tushgan 15 martdan boshlab 200002 YHQ buzilishi, jumladan 90588 holatda svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish, 109414 tasida esa tezlikni me’yoridan oshirish holatlari qayd etilgan.

11 oy davomida Toshkentda 240365 ta transport vositasi (186252 tasi - jismoniy, 54113 tasi -yuridik shaxslarga tegishli) majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

2016 yil martida shaharda 345 mingta shaxsiy avtomobil, 70 ming yuridik shaxslarga tegishli transport vositasi mavjudligi e’lon qilingan edi.