Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Marokash va Eron jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi, deya xabar qildi Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Marokash bilan uchrashuv 27 mart kuni Kasablankada, Eron bilan esa 18 may kuni mehmonda o‘tkaziladi.

O‘FF tarixda birinchi bor bevosita JCH oldidan mundial ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishdi, deyiladi xabarda.

«Gazeta.uz"ning oydinlik kiritishicha, unga qadar milliy terma jamoani xorijiy murabbiy boshqaradi. «Murabbiy masalasi yangi yilgacha hal bo‘lishi kerak. Uzog‘i bilan yanvarda», — dedi federatsiya matbuot xizmati vakili.

Jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyaning 11 ta shahridagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 32 terma jamoa qatnashadi.