12 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Slovakiyaning favqulodda va muxtor elchisi Pavol Ivanni qabul qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda elchining 2013−2017 yillar mobaynida O‘zbekistondagi samarali faoliyati natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanganligi va mustahkamlanganligi qayd etildi.

Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasi uchun yaratilgan qulay sharoit va qo‘llov uchun minnatdorchilik bildirdi.