Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan 13 dekabr kuni Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi. Biznes-forumda Qirg‘izistonning mashinasozlik, qurilish, oziq-ovqat, qadoqlash, yengil sanoat va axborot texnologiyalari sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi 100 dan ziyod kompaniyasi ishtirok etdi.

Jamshid Xodjayev.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev forum ishtirokchilarini qarshi olar ekan, yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 60 foizdan ziyodroqqa o‘sib, 200 mln dollarni tashkil etganini ta’kidladi.

«Qattiq shartnomalar mavjudligini hisobga olsak, uni 2017 yil oxiriga qadar 250 mln dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar bor», - dedi tashqi siyosat mahkamasi rahbari.

U O‘zbekiston korxonalari Qirg‘izistonga yengil va yuk mashinalari, avtobuslar, qishloq xo‘jaligi va yo‘l texnikasining keng assortimenti, barcha turdagi mineral o‘g‘itlar, elektrotexnika va kabel-o‘tkazish mahsulotlari, maishiy texnika, qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishlari mumkin.

Jamshid Xodjayev oktyabrdagi oliy darajali uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Qirg‘iziston hududida o‘zbek qishloq xo‘jalik texnikalari, «O‘zavtosanoat» avtomobillari, «SamAvto» avtobuslari, «O‘zavtotreyler» maxsus pritsepli texnikalar, Artel brendi ostida kir yuvish mashinalarini yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, hamkorlikda to‘qimachilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Artem Novikov.

Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov ichki salohiyatdan foydalanib, bir-birini o‘zaro to‘ldirgan mamlakatlar nafaqat tovar ayriboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazishlari, balki eksport imkoniyatlarini ham kengaytirishlari mumkin. Qirg‘iz tadbirkorlari O‘zbekiston bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan asal, kartoshka, piyoz, sut va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishi, O‘zbekiston bilan hamkorlikda ko‘mir sanoati korxonasini tashkil etish va mamlakatni travertin toshi bilan ta’minlashi mumkin.

Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri ikki davlat banklari o‘rtasida muxbirlik hisob raqamlarini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgani va O‘zbekiston tomonidan bank va moliya operatsiyalari, jumladan ikki davlat o‘rtasida pul o‘tkazishlarini amalga oshirishda hech qanday to‘sqinlik va cheklovlar bo‘lmasligi ma’lum qildi. Ayniqsa bu mahsulotlar yetkazib berish va sotish orqali qirg‘iz tadbirkorlari oladigan foydani olishga aloqador.

U sayyohlik aloqalarini kuchaytirish uchun yangi transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, jumladan rejalashtirilayotgan O‘sh-Toshkent aviareysi va Qirg‘izistonning Issiq ko‘l viloyatidagi Baliqchi shahriga qadar temir yo‘l reysini ochishning zarurligini yodga oldi.

Biznes-forum yakunlari bo‘yicha 140 mln dollarlik 60 ga yaqin hujjat imzolandi. Bundan tashqari, 2017−2019 yillarda savdo-iqtisodiy, investitsion transport-kommunikatsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» savdo moliyalashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida doiraviy kelishuvga erishildi.