O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg‘ona vodiysida Qamchiq dovoni hududida ob-havoning yomonlashishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

1−2 dekabr kunlari Qamchiq dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘li o‘tadigan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib, ko‘rish masofasi 50−100 metrgachani tashkil etishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlari va muzli sirpanchiqlar paydo bo‘lishi mumkin.

2−3 dekabr kunlari kechki haroratning minus 12−17 daraja Selsiyga, kunduzi esa minus 7−12 darajagacha tushishi kutilmoqda.

FVV haydovchilardan yo‘llarda ko‘rish qiyinlashgan sharoitda ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.