Tailandda odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib qidiruvga berilgan 49 yoshli ayol qo‘lga olindi. Operatsiya IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi hamda «Interpol» Milliy markaziy byurosi tomonidan o‘tkazildi.

IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashagan gumonlanuvchi O‘zbekistondan ayollarni Tailand davlatiga olib borib, u yerda fohishalik qilish bilan shug‘ullantirgan, ulardan shahvoniy maqsadlarda foydalangan uyushgan guruhga yetakchilik qilgan.

Gumonlanuvchi javobgarlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekistonga olib kelindi.