20 noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim tashkilotlari, jumladan davlat organlari vebsaytlari kiberhujumga uchrab, yopib qo‘yilgan edi. Axborot xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida hujumlar oqibatlari bartaraf etilib, saytlar faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

UZINFOCOM markazi hamda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi saytlarning so‘nggi dolzarb talqinlarini qayta tiklash bo‘yicha choralarni ko‘rdi.

Kelgusida xakerlarning shu kabi harakatlariga qarshi kurashish uchun hujum sabablari va usullarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.