Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi mavsum tugashiga bir tur qolganda ketma-ket ikkinchi marta O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh murabbiy Andrey Miklyayev jamoasi yakshanba kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jami 67 ochkoga ega bo‘ldi. Uchrashuvda Marat Bikmayev xet-trik qayd etdi, Jaloliddin Masharipov va Sanjar Shoahmedov ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

«Temiryo‘lchilar"ning yaqin ta’qibchisi Qarshining «Nasaf» jamoasi «Paxtakor» ustidan g‘alaba qozonib (4:0), ochkolarini 62 taga yetkazdi va ikkinchi o‘rinni egalladi. 56 ball to‘plagan «Paxtakor» «bronza» sohibi bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda «Lokomotiv» O‘zbekiston chempionati va kubogini qo‘lga kiritib, «oltin dubl» qayd etgan edi.