O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev va O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi Umar Ismoilov 16 noyabr kuni mamlakat rahbari topshirig‘iga ko‘ra tashqi ishlar vaziri Abdulziz Kamilovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenini topshirdi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston mustaqilligini mustahamlashdagi ulkan xizmatlari, mamlakat manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilish va ilgari surishdagi ko‘p yillik samarali mehnati va 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TIV rahbarini yuqori davlat nishoni bilan mukofotladi.