Kadirbay Bekturdiyev O‘zbekiston Prezidentining 24 oktyabrdagi farmoni bilan xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kadirbay Bekturdiyev (1979 yilda tug‘ilgan) Qoraqalpog‘iston davlat universitetini tamomlagan. 1999—2004 yillarda Kegeyli tumanidagi 23-maktab o‘qituvchisi va direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2004 yildan 2006 yilgacha metodist, shundan so‘ng Nukus shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limida katta mutaxassis sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2006—2015 yillarda Xalq ta’limi vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. 2015 yildan 2017 yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligini boshqargan.

Prezidentning 17 va 19 oktyabrdagi farmonlari bilan Dilshod Kenjayev va Jahongir Sidiqov XTV rahbari o‘rinbosari lavozimlariga tayinlangan edi.