16 18-oktyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif buyuradi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif dasturidan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezident Suren Sattariy, tashqi ishlar vaziri Javad Zarif va Eronning boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi va istiqbolli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi.