Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari sentyabr oyida oyida bir oy avvalgiga nisbatan 1 foizga arzonlashib, kvadrat metri uchun 538 dan 533 sh. b. ga arzonlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi o‘zgarishsiz qolgan (576) oshgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi 1 foizga arzonlashdi (510 dan 502 ga). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 520 sh. b. (o‘zgarishsiz), ikki xonali — 504 (-3 foiz), uch xonali — 563 (+2 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 544 (-2 foiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.