13 sentyabr kuni may oyidan buyon direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Aziz Muhitdinov UZINFOCOM rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda markaz blogida xabar qilindi.

Aziz Muhitdinov (1985 yilda tug‘ilgan)muqaddam «O‘zbektelekom» kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida faoliyat ko‘rsatgan.

2016 noyabrdan buyon UZINFOCOM markaziga Husan Isayev rahbarlik qilib kelayotgan edi.

UZINFOCOM Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiradi. Prezidentning 29 avgustdagi qarori bilan markaz bazasida Davlat axborot xizmatlari tizimini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator tashkil etildi.