O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 sentyabr kuni «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni imzoladi. Ushbu tahrir 13 sentyabrdan kuchga kirdi.

2014 yilda qabul qilingan qonunga kiritilgan asosiy o‘zgarishlardan biri elektron murojaatni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash to‘g‘risidagi talabning bekor qilinishi bo‘ldi. Avvalgi tahrirda elektron raqamli imzosiz yuborilgan murojaat anonim hisoblangan.

Qonun bilan elektron murojaatni yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxsni aniqlashga imkon bermaydigan murojaatlar anonim deb hisoblanib, ko‘rib chiqilmaydi.

Qonunga «takroriy murojaat», «ommaviy qabul», «videokonferensaloqa» kabi tushunchalar ham kiritildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga o‘zgartishlar kiritilmadi. Shikoyat yoki murojaatlar 15 kun ichida (qo‘shimcha tekshiruv yoki o‘rganish talab qilinsa — bir oygacha), takliflar esa bir oygacha muddatda (qo‘shimcha o‘rganishlar talab qilinmasa) ko‘rib chiqilishi lozim.