Alisher Xo‘jayev yana qaytadan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) raisi lavozimiga tayinlandi. U ushbu mansabda 2005-yil aprelidan 2017-yil fevraliga qadar faoliyat ko‘rsatgan edi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga MTRKdagi axborot manbasi xabar qildi.

Alisher Xadjayev iyun oyidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Avgust avvalida MTRK raisi v. b. lavozimiga tayinlangan Bobur Alixonov yaqinda vazifasidan ozod qilingan edi. Bir vaqtning o‘zida Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xo‘jayevning ham lavozimidan chetlatilgani ma’lum bo‘ldi. U mazkur lavozimda martdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.