O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 2 sentyabrdan boshlanadi, deb xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Birinchi darslar O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan xotira darslari (2 sentyabr — birinchi Prezident xotirasi kuni) o‘tkaziladi.