Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy Kengashi ijro qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev o‘z lavozimini tark etdi.

Partiya matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, O‘zLiDeP Siyosiy kengashining seshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Sodiqjon Turdiyevning vazifasidan ozod etilishini so‘rab qilgan arizasi qondirildi.

Sodiqjon Turdiyev 2013 yil dekabrida O‘zLiDeP yetakchiligiga saylangan edi. 2015 yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari edi. 2010—2013 yillarda Xalq deputatlari Asaka tuman kengashi deputati bo‘lgan. 2012 yilga qadar «Asaka jilosi» fermer xo‘jaligiga rahbarlik qilgan. 2012 yil noyabrida O‘zbekiston Fermerlar kengashi risligiga saylangan.

Baxtiyor Yakubov. Foto: O‘zLiDeP.

2005 yildan buyon O‘zLiDeP ijro qo‘mitasi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Baxtiyor Yakubov partiya rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Yig‘ilishda 12 iyul kuni parlament palatalari va partiyalar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakat Prezidenti tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ustuvor vazfalar belgilab olindi.