«Agrobank» boshqaruv kengashining sobiq raisi Abduvahob Tamikayev Zangiota tumanining yangi hokimi bo‘ldi. Ushbu qaror Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilindi, deb xabar qildi Toshkent viloyati hokimiyati «Gazeta.uz"ga.

Bunga qadar tumanga 2016 yil fevralidan buyon Sa’di Shermatov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Tuman prokurori, IIB boshlig‘i, yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi, moliya bo‘limi, g‘aznachilik bo‘limimi va soliq xizmati rahbarlari ham lavozimidan chetlatildi.