O‘zbekiston Markaziy banki «Madad Invest Bank» xususiy aksionerlik tijorat bankiga chet el valyutalarida operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyani taqdim etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

«Madad Invest Bank» o‘z faoliyatini 2016 yilda Farg‘ona viloyatida boshlagan. Joriy yil birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, bank aktivlari 42,7 mlrd so‘mni, jami majburiyatlari 28,7 mlrd so‘mni, kredit qo‘yilmalari esa 34 mlrd so‘mni tashkil etdi.