O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev shanba kunlari fuqarolar bilan videomuloqot o‘rnatadi.

Davyergeodezkadastrqo‘m matbuot xizmatining xabar qilishicha, birinchi teleko‘prik 1 iyul kuni sinov tartibida o‘tkaziladi. Teleko‘prik 10:00 dan 12:00 ga qadar Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari orqali amalga oshiriladi.

Teleko‘priklar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘mita sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

Davyergeodezkadastrqo‘mga raisning virtual qabulxonasi orqali ham murojaat qilish mumkin. Murojaat, shikoyat, savol va takliflar yozma va videomurojaat ko‘rinishida Facebook orqali yoki kutu tun ishlovchi koll-markaz (1097) orqali ham qabul qilinadi.