Otabek Isroilov Toshkent viloyatining Bekobod tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat ma’muriyati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

U avvalroq Samarqand viloyat hokimi v. b. etib tayinlangan Turobjon Jo‘rayev o‘rnini egalladi.

Otabek Isroilov 2016 yildan Toshkent viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bekobod shahriga 2014—2017 yillarda O‘rtachirchiq tumanidagi «To‘ytepa Zafar mevalari» fermer xo‘jaligini boshqargan Zafar Fayzullayev hokim bo‘ldi.U 2001—2011 yillarda Yangiyo‘l tuman hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.