Yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo‘lidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga o‘tish qismi transport harakati uchun vaqtincha yopildi.

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi Facebook’dagi sahifasida xabar qilishicha, 18 iyundan 10 iyulga qadar 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgaradi.

Avtobuslar Sarakul, Mehrijon va Qo‘shko‘prik ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettiradi.