16 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Irlandiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Edrian Makdeydni qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qildi va uni O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Irlandiya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada kengaytirish istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ikki davlatning parlamentlari, ishbilarmon doiralari, ta’lim muassasalari, fan madaniyat va san’at arboblari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha fikr almashildi.