Rustam Aminov O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati O‘zbekiston Prezidentining 12 iyundagi qaroriga tayanib xabar qildi.

Bungacha — 2014 yil noyabridan — Rustam Aminov Davlat raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Rustam Aminov (1978 yilda tug‘ilgan) Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2004 yildan 2013 yilgacha Davlat mulk qo‘mitasi tizimida ishlagan.