Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 Osiyo saralash bosqichi sakkizinchi turi doirasida Eron jamoasiga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin 12 iyun kuni 21:45 da Tehronda bo‘lib o‘tadi.

«A» guruhida Eron 17 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston uchinchi o‘rinni (12) egallab turibdi

Ayni paytda O‘zbekiston musobaqa pley-offiga chiqish uchun imkoniyatga ega. Bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston Tailandga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, Temurxo‘ja Abduholiqov va Sardor Rashidovlarning gollari evaziga 2:0 hisobiga g‘alaba qozondi.