CLICK kompaniyasi Telegram messenjeri orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini ishga tushirdi. Bu haqda CLICK matbuot xizmati xabar qildi.

@clickuzbot boti yordamida hozircha mobil aloqa, internet, televideniye va telefoniya xizmatlari uchun to‘lash mumkinyu xizmatlar ro‘yxati kengaymoqda.

Kompaniyadan qayd etilishicha, bot bilan muloqot jarayonlarida bank karta ma’lumotlari xavfsizlik standartlarining barcha talablari bajarilib kelinmoqda.