Toshkentdagi Mustaqillik ko‘chasida shanba kuni harakat qismlarini ajratib turuvchi to‘siqlarning katta qismi olib tashlandi. Mazkur ishga ko‘p miqdordagi texnika va kommunal xizmatlari xodimlari jalb qilingan.

Xuddi shu xizmatlar 2015 yilning kuzida O‘zbekiston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda to‘siqlarni o‘rnatgan edi.

«Gazeta.uz» na shahar, na tuman hokimiyatidan tezkor izoh olishning uddasidan chiqdi. Poytaxt IIBB ham vaziyatga oydinlik kiritmadi. Mustaqillik ko‘chasidagi YPX inspektorlaridan biri muxbirimizga to‘siqlarni olib tashlash qarori harakat xavfsizligini oshirishga qaratilganini ta’kidladi.

Avvalroq «Gazeta.uz» shahar bo‘ylab o‘rnatib chiqilgan bunday to‘siqlar yo‘llarda avariya holatini keskin oshirgani, haydovchilar ko‘rish darajasini cheklab, piyodalarga katta xavf tug‘dirgani haqida yozgan edi.

Foto