16−22 may kunlari Bokuda (Ozarbayjon) bo‘lib o‘tgan IV Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 63 medalni qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 57 mamlakat orasida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yengil atletika va para-atletika — 9 medal (3−3−3)

Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash) oltin medalni qo‘lga kiritdi, Nigina Sharipova 100 m va 200 m ga yugurishda mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi, Ivan Zaysev (nayza uloqtirish) kumush, Sergey Dementev (yadro uloqtirish) — bronza medali sohibiga aylandi.

Paralimpiyachilar o‘rtasida Aleksandr Svechnikov (nayza uloqtirish) jahon rekordini o‘rnatdi va O‘yinlar chempioni bo‘ldi, Doniyor Soliyev (uzunlikka sakrash) oltin, Mansur Abdurashidov (100 m ga yugurish) — kumush, Elbek Sultonov (yadro uloqtirish) — bronza sohibi bo‘ldi.

Boks — 5 medal (3−0−2)

Abdulxay Shorahmatov (56 kg gacha), Aliyor Noraliyev (64 kg gacha) va Bobo-usmon Baturov (69 kg) shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. Mironshoh Ibragimov (49 kg gacha) va Abrorjon Qodirov (52 kg gacha) bronza medali sohibi bo‘ldi.

Sport va badiiy gimnastika — 7 medal (2−3−2)

Shanba kuni Xalqaro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritilgan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Anastasiya Serdyukova, Nurinisso Usmonova va Sabina Toshkenboyeva jamoaviy chiqishda kumush medalga loyiq topildi. Yakkalik mashqlarda bulavalar bilan chiqish qilgan Anastasiya Serdyukova oltin, obruch va koptok bilan esa ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sabina Toshkenboyeva bulava va tasma bilan chiqishda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Dzyudo va para-dzyudo — 10 medal

Paralimpiya termasi vakillari Shuhrat Boboyev (90 kg gacha) va Shirin Sharipov (+100 kg) musobaqaning oliy shohsupasini band etdi, Feruz Saidov (73 kg gacha) terma jamoa g‘aznasiga kumush, Gulruh Rahimova (70 kg gacha) — «bronza» olib keldi.

Gulnoza Matniyozova 700 kg gacha vazn toifasida eng yaxshi deb tan olingan bo‘lsa, Diyorbek O‘rozboyev (60 kg gacha), Davlatbek Bobonov (81 kg gacha) va Bekmurod Oltiboyev (+100 kg) Islomiada bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Jamoaviy musobaqalarda dzyudo bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoasi bronza medallariga loyiq ko‘rildi.

Karate — 4 medal (1−0−3)

Sadriddin Saymatov (60 kg gacha) birinchi, Abdulaziz Otabayev (84 kg gacha), Barno Mirzayeva (61 kg gacha) va Dostonbek Otabolayev (75 kg gacha) uchinchi bo‘ldi.

O‘q otish — 2 medal (0−0−2)

10 metr masofaga pnevmatik miltiqdan o‘t otishda Saidxon Sayfuddinov va Sakina Mamedova «bronza"ni qo‘lga kiritishdi.

Taekvondo — 7 medal (2−2−3)

Niyoz Po‘latov (58 kg gacha) va Nikita Rafalovich (74 kg gacha) Islomiada chempioniga aylanishdi. Dmitriy Shokin (+87 kg) hamda Umida Abdullayeva (62 kg gacha) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Maksim Rafalovich (80 kg gacha), Svetlana Osipova (+73 kg) va Nigora Tursunqulova (67 kg gacha) bronza medali sohibi bo‘ldi.

Tennis — 5 medal (0−3−2)

Jamoaviy musobaqalarda o‘zbekistonlik Polina Merenkova, Sabina Sharipova va Kamola Umarova ikkinchi, erkaklar termasi — Sergey Fomin, Saida’lo Saidkarimov va Amal Sultanbekov — uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

Juftlik musobaqalarda Sabina Sharipova — Polina Merenkova va Saida’lo Saidkarimov — Amal Sultanbekov duetlari kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Individual bellashuvlarda Sabina Sharipova uchinchi bo‘ldi.

Og‘ir atletika — 9 medal (1−3−5)

O‘zbekiston og‘ir atletikachilari o‘rtasida Rustam Jangaboyev (+105 kg) oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Kumushxon Fayzulleva (63 kg gacha), Ulug‘bek Alimov (85 kg gacha) va Farhodbek Sobirov (94 kg gacha) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muattar Nabiyeva (58 kg gacha), Manzuraxon Mamasaliyev (69 kg gacha), Omadoy Otaqo‘ziyeva (75 kg gacha), Doston Yoqubov (69 kg gacha) va Ivan Yefremov (105 kg gacha) bronza medali sohiblariga aylandi.

Sportcha kurash — 5 medal (0−2−3)

Yunon-rim uslubi kurashchilari Islomjon Bahromov (59 kg gacha) va Mo‘minjon Abdullayev (130 kg gacha) musobaqa vitse-chempionlari bo‘ldi. Rustam Assaqulov (98 kg gacha) esa uchinchi bo‘ldi.

Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov (74 kg gacha) va Nodirjon Safarov (57 kg gacha) ham bronza medallariga sazovor bo‘ldi.