Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my2.gov.uz manzilidagi yangilangan talqinida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar mavjudligini aniqlash mumkin bo‘lgan bepul xizmat ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent IIBBda payshanba kuni o‘tkazilgan brifingda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi rahbari Sherzod Xabibullayev ma’lum qildi.

Jarima mavjudligini tekshirish uchun avtomobil egasi ma’lumotlari — avtotransport davlat raqami, transport egasi pasporti raqami va seriyasi hamda sug‘urta polisi raqami kiritilishi lozim.

YHQ buzilishiga oid ma’lumotlar har soatda yangilanib turadi, yuklamalar ko‘paygan vaqtda esa birmuncha kechroq, biroq bir kunda bir martadan kam emas, deya oydinlik kiritdi Sherzod Xabibullayev «Gazeta.uz"ga.

Sug‘urta oplisi raqami ixtiyoriy ravishda kiritiladi. Mrkaz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u kelgusida sug‘urta polisini olishda qonunga itoatkor haydovchilar uchun muayyan imtiyozlar berilishi to‘g‘risidagi axborotlarningma’lumotlar bazasiga kiritilishi uchun zarur.

Portaldagi boshqa ayrim xizmatlardan farqli ravishda, YHQ buzilganligi uchun jarimalar mavjudligini aniqlashda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.

YAIDXPning yangi talqinida elektron hukumat foydalanuvchilarining Yagona identifikatsiyasi tizimidan (id.gov.uz) foydalanilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish uchun unga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami, pasporti seriyasi va raqami ko‘rsatilishi lozim.