64 kg gacha vazn toifasida 2016 yilgi Olimpiya chempioni o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov (1−0, 1 KO) 23 aprel kuni Amerikaning Karson shahrida birinchi professional jangini o‘tkazdi. Bellashuv ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratgan G‘oyibnazarov foydasiga yakunlandi.

Foto: instagram.com/fazliddingaibnazarov.

25 yoshli bokschi 21 yoshli amerikalik Viktor Vaskes (7−3, 3 KO) bilan bellashdi. Jangning ikkinchi raundida G‘oyibnazarov raqibini nokautga uchrata oldi.

Foto: espn.com.

Eslatib o‘tamiz, Top Rank kompaniyasi o‘zbekistonlik bokschining promouteri hisoblanadi. Top Rank Menni Pakyao, Muhammad Ali, Xuan Manuel Markes, Oskar De La Xoyya, Floyd Meyvezer, Jo Freyzer, Jorj Forman, Aleksis Arguelo, Roberto Duran, Vasiliy Lomachenko va boshqa taniqli bokschilar bilan ishlagan va hamkorlikni davom ettirmoqda.

Video (eng yaxshi vaziyatlar)