Uzbek Tigers yarim professional boks jamoasi Jahon boks seriyasi oltinchi turi doirasida Rossiyaning Patriot Boxing Team klubi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Saralash bosqichining so‘nggi janglari 21 aprel kuni Rossiyaning Perm shahrida bo‘lib o‘tadi.

Jamoalar S2 guruhi vazn toifalari :52, 60, 69, 81 va +91 kg bo‘yicha bellashadi. Ikkinchi eng yengil vaznda Abrorjon Qodirov (2 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat) Vyacheslav Tashkarakov (2−4) bilan, Ulug‘bek Do‘smurodov (0−0) WSBdagi debyutida Konstantin Bogomazov (2−3) bilan, Odiljon Aslonov (0−0) ham turnirdagi birinchi jangida Artyom Zaysev (1−0) bilan, Madiyor Saidrahimov (0−0) Pavel Silyagin (7−1) bilan, Mirzabek Hasanov (2−1) esa Artyom Suslenkov (0−0) bilan kuch sinashadi.

Juftliklar tarkibi

52 kg: Qodirov Abrorjon — Vyacheslav Tashkarakov

60 kg: Ulug‘bek Do‘smurodov — Konstantin Bogomazov

69 kg: Odiljon Aslonov — Artyom Zaysev

81 kg: Madiyor Saidrahimov — Pavel Silyagin

+91 kg: Mirzabek Hasanov — Artyom Suslenkov

Rossiya jamoasi (jadvalda 7 ochko) ustidan erishilgan g‘alaba Uzbek Tigers (9) jamoasiga B guruhida birinchi yoki ikkinchi o‘rin bilan ¼ finalga chiqish imkonini beradi. Bu Qozog‘istonning Astana Arlans (12) va Xitoyning China Dragons (3) jamoalari uchrashuvi natijalariga bog‘liq. Joriy mavsumda 12 mamlakat 3 ta saralash guruhiga: A — Amerika, V — Osiyo va S — Yevropa bo‘lingan holda o‘zaro bellashmoqda. Mazkur uchrashuvlar natijasi O‘zbekiston termasining chorak finalda Lotin Amerikasining qaysi jamoasi bilan uchrashini belgilab beradi.