O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga Stokgolm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayishni tiladi.

Juma kuni yuk avtomobili boshqaruvchisi Stokgolmning Drottninggatan asosiy piyodalar ko‘chasida odamlar ustiga bostirib borib, faqatgina do‘kon peshlavhasiga urilganidan keyingina to‘xtadi. Natijada 4 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ziyod kishi jarohatlandi.