Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2008 va 2012 yillardagi Olimpiya o‘yinlari doping-namunalarini qayta tekshiruvdan o‘tkazganidan so‘ng erkin kurashchi Artur Taymazovning Pekindagi O‘yinlarda qo‘lga kiritgan oltin medalini bekor qildi. Mazkur ma’lumot XOQ matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

O‘tgan yilning avgustidayoq 120 kg gacha vazn toifasida Olimpiada-2008 mukofotlari bekor qilinishi to‘g‘risida xabar qilingan edi. Endilikda XOQ doping-namunada taqiqlangan turinabol va stanozolol moddalari mavjudligini rasman tasdiqladi. O‘zbekiston nomidan kurash olib borgan Artur Taymazov 2012 yili London, 2004 yil Afinada bo‘lib o‘tgan O‘yinlar chempioni, 2000 yil Sidneyda o‘tgan OO‘ kumush medali sohibidir.

Avvalroq o‘zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigiyev ham OO‘ kumush medalidan mahrum etilgani xabar qilingan edi.