26−27 mart va 30−31 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, kuchayish ehtimoli bor, deb xabar qildi FVV. 26 mart va 30−31 martda shamol tezligi 15−20 m/s ga qadar kuchayadi.

26−31 mart kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ko‘chki va sel xavfi mavjud.

1−4 aprel kunlari mamlakat bo‘ylab havo haroratining keskin sovishi kutilmoqda. 1−2 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ib, 2 aprel kuni ayrim hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

2−4 aprel kunlari harorat kechasi −1…−3 daraja, kunduzi — +2…+7 darajagacha tushishi kutilmoqda.