Abdushukur Abdullayev O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Bu haqdagi Prezident farmoni 17 martda imzolandi, deb xabar qildi Hukumat portali.

Bunga qadar Abdushukur Abdullayev (1959 yilda tug‘ilgan) 2005 yildan buyon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.