Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev Peterburg Kichik va o‘rta biznes partneriatida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgda bo‘lib turibdi. Dushanba kuni Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sankt-Peterburg ma’muriyati saytida xabar qilinishicha, tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston kon-boyitish korxonalari uchun qurilmalar, ichimlik suvi va oqar suvlarni tozalash uchun muhandislik tizimlari va modul stansiyalar, dori vositalarini yetkazib berish haqida so‘z bordi.

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulligini ochish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Mehnat migratsiyasi sohasiga oid masalalar alohida ko‘rib chiqildi. Sankt-Peterburg muayyan Peterburg korxonalarida ishlash uchun O‘zbekiston mutaxassislarini tayyorlashga yordam berishga tayyor.

O‘zbek tomoni meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirishga tayyorligi haqida ma’lum qildi. Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish ham muhokama qilindi.

Georgiy Poltavchenko so‘nggi vaqtlarda Sankt-Peterburg va O‘zbekiston iqtisodiy aloqalarni bosqichma-bosqich tiklanib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. 2016 yilda o‘zaro savdo hajmi 2015 yildagiga qaraganda 35 foizga oshdi.