O‘zbekiston Ostonada (Qozog‘iston) 10-iyundan 10-sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan xalqaro “EKSPO-2017” ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Bu haqda “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

13-fevral kuni Toshkentda O‘zbekistonning “EKSPO"da ishtiroki to‘g‘risidagi shartnoma imzolanadi.

Ostona Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi Bosh assambleyasining 2012-yil noyabrdagi 152-sessiyasida “EKSPO-2017” o‘tkaziladigan joy sifatida tanlangan edi. Ko‘rgazmaning asosiy mavzusi — “Kelajak energiyasi”. Marosimda 100 mamlakat va 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning ishtirok etishi kutilmoqda.