7 fevral kuni tongda Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan «Manas» restoranida yong‘in chiqdi. Muassasa ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ayni paytda yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa joyida oltita o‘t o‘chiruvchilar guruhi ish olib bordi. Yong‘in sabablari hozircha aniqlangani yo‘q.

«Gazeta.uz"ning hodisa joyidagi muxbiri xabariga ko‘ra, yong‘indan shu yaqin atrofdagi golf-klub va xususiy uy zarar ko‘rgan.