YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. 6 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Toshkentga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalia Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda tashrif kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta’kidlandi.