“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi havo kemalari 2016-yilda 22387 reysni (2015-yilda — 23269) amalga oshirdi. Aviatashuvchi xizmatlaridan 2,471 million yo‘lovchi (2,572 million) foydalandi. Yo‘lovchi o‘rindiqlari bandligi 74 foizni, tijoriy yuklar bandligi 55,3 foizni tashkil etdi. MAKning 2016 yilgi faoliyati yakunlari kompaniya saytida e’lon qilindi.

Yil davomida 43,8 ming tonna, shu jumladan pulli qo‘l yuklari va pochtalar tashildi (bir yil muqaddam — 41,8 ming, o‘sish 4,8%). Bazasida Xalqaro intermodal logistika markazi faoliyat ko‘rsatayotgan “Navoiy” aeroporti orqali 38 ming tonna yuk tashildi.