18−25-yanvar kunlari Chennaida (Hindiston) shaxmat bo‘yicha IX Chennai Open International Grandmaster Chess Tournament turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 17 mamlakatdan 317 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi.

Standart shaxmat bo‘yicha musobaqalarda erkaklar bilan bir qatorda “ayollar” shaxmati vakilalari ham teng ishtirok etdi. Hindistonlik xalqaro usta Maxalakshmi Muguntakumar (jahon reytingida 2225 ochko) va o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova (2284) 10 baldan 6,5 ochko to‘pladi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli O‘zbekiston vakilasi kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada ukrainalik xalqaro grossmeyster Adam Tuxayev (2516) 10 baldan 8,5 ball to‘plagan holda g‘olib bo‘ldi.